«Real» klubi rahbariyati Virjil van Deykni yozda erkin agent sifatida qo‘shib olishni istamadi.
Relevo nashri xabariga ko‘ra, «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deykning agentlari Madrid klubi rahbariyatiga niderlandiyalik himoyachining 2025 yil yozida erkin agentga aylangach, uni «Real»ga qo‘shilishini taklif qilgan. Taklif «Real»ning himoya chizig‘idagi jarohatlar sababli qiyin vaziyatni inobatga olgan holda berilgan. Biroq klub prezidenti Florentino Peres bu o‘tishni rad etgan. Klub Virjilning yozda 34 yoshda bo‘lishini inobatga olib, futbolchining yoshi sabab uni rad qilgan.
Avvalroq, «Liverpul» Virjil bilan kelishuvni uzaytirmayotgani futbolchining yozda jamoani tark etishiga sabab bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, van Deyk joriy mavsum APLda 19 o‘yin o‘tkazib, bittadan gol va assistga mualliflik qilgan.