Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Halokatga uchragan AZAL samolyotining “qora qutilari” o‘rganildi va Qozog‘istonga jo‘natildi

Halokatga uchragan AZAL samolyotining “qora qutilari” o‘rganildi va Qozog‘istonga jo‘natildi

Braziliyaning Aviasiya hodisalarini tekshirish va oldini olish markazi Ozarbayjon Havo Yo‘llari (AZAL) samolyotining bortdagi yozuvlarni qayd etish moslamalarini (qora qutilari) ekspertizadan o‘tkazishni yakunladi.

Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Xususan, bu haqda Braziliyaning G1 portaliga yuqorida tilga olingan markaz xabar berdi

— Samolyot bortidagi ikkita yozuvlarni qayd etish moslamasi ma’lumotlarini olish va tekshirish yakunlandi, — deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, O Globo gazetasining xabar berishicha, markaz allaqachon Qozog‘iston rasmiylariga tegishli ma’lumotlarni yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Azerbaijan Airlines samolyoti Aqtauda halokatga uchragan edi.

Samolyot bortida 67 kishi, jumladan 5 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Hodisa oqibatida 38 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, 30 dekabr kuni Qozog‘iston Braziliyaga bortda yozuvlarni qayd etish moslamalarini yuborgan.

Kiritildi: 16:22 07.01.2025. O'qildi: 1630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!