Trampning fikricha, Grenlandiya AQShga qo‘shilishdan foyda ko‘radi.
“Biz uni yovuz tashqi dunyodan himoya qilamiz va asraymiz”, deb yozdi u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
AQShning saylangan prezidenti avvalroq Daniya tarkibidagi keng avtonomiya huquqiga ega Grenlandiyani qo‘lga kiritish imkoniyati bilan qiziqqan edi.
Qirollik rasmiylari Grenlandiyani sotish masalasini muhokama qilishdan bosh tortib, bu fikrni absurd deb atadi.