«Qizilqum» professional futbol klubining U-19 jamoasi bosh murabbiyi pora bilan ushlandi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.
Murabbay garchi, o‘yinchilar jamoaga belgilangan sinovlarda saralanib, klub komissiyasining qarori va rahbarning tegishli buyrug‘i asosida qabul qilinishini bilsada, o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda Nurota tumanida yashovchi, 2008 y.t. o‘smirning ishonchiga kirdi. Aniqrog‘i, uni jamoaning asosiy tarkibiga o‘yinchi sifatida qabul qilish evaziga 20 mln so‘m talab qildi.
Ammo, bosh murabbiy so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoiy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.