Mamlakat TIV xorijliklarga Rossiyada yashash va ishlash uchun ariza topshirish imkonini beruvchi "Rossiyada yashash vaqti" deb nomlangan raqamli servis ishga tushirilganini e’lon qildi.
Ushbu dastur olimlar, tadbirkorlar va boshqa talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarga qaratilgan bo‘lib, nomzodlardan onlayn-suhbatdan o‘tish va "an’anaviy qadriyatlarga" hurmat ko‘rsatish talab etiladi. Muvaffaqiyatli o‘tganlarga viza rasmiylashtirish va uy-joy topishda ko‘maklashadigan shaxsiy menejer biriktiriladi.
Biroq, Ukrainadagi urush boshlangandan beri ishchi kuchining keskin kamayishi va xodimlarning mudofaa sohasiga o‘tib ketishi fonida tashkil etilgan ushbu loyiha texnik muammolar bilan boshlandi. Vazirlik tomonidan taqdim etilgan veb-saytga havola hozirda '404 xatoligi"ni ko‘rsatmoqda. Shunday bo‘lsa-da, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, arizalarni ko‘rib chiqishning maksimal muddati 125 kun etib belgilangan.