Ulkan va qo‘rqinchli ilon bilan uchrashuv barchani cho‘chitib yuborishi mumkin. Faqat bizning qahramonimizni emas. Indoneziyalik bu qizaloq ishtirokidagi video butun internet tarmog‘i bo‘ylab yashin tezligida tarqalib ketdi, deya xabar berdi “Day az ” “Life.ru ”ga asoslanib.
Gap shundaki, bu dovyurak qizaloqlar ulkan va juda uzun bo‘lgan ilonning ustida sayr qilishmoqchi bo‘lishdi. Buni qarangki, ulardan biri buni epladi ham.
Bu ikki qizaloqning ekstremal harakatlari kim tomonidan tasvirga olingani ma’lum emas, ammo ushbu videorolik internetda 7 million marota tomosha qilinishga ulgurdi.