Qiz qal’asi haqida turli xildagi afsona va rivoyatlar mavjud bo‘lib, u Istanbul bo‘g‘ozining Marmara dengiziga tutashgan kichik orolcha ustiga qurilgan imoratdir.
Uskudar tumanining belgisi bo‘lib ulgurgan qal’a Uskudarda Vizantiya davridan qolgan yagona yodgorlikdir. Uning qurilishi miloddan avvalgi 24 yillarga borib taqaladi va u Qora dengizning Marmara dengizi bilan tutashgan yerida barpo etilgan.
Qiz qal’asi Istanbul bosib olinishidan avval ham mavjud bo‘lgan. Shu bilan birga Uskudar shaharchasida vizantiyaliklardan qolgan yagona yodgorlik ham Qiz qal’asidir. Uning bo‘yi o‘n sakkiz metr va u besh qavatdan tashkil topgan. Qiz qal’asi shu kunga qadar turli maqsadlarda foydalanilgan.
U bir muddat qamoqxona vazifasida ham qo‘llanilgan. Qal’aning yonidagi uzoqni yorituvchi fonarlar har uch soniyada bir to‘rt kilometr uzoqlikdan ko‘rinadigan shaklda yoritadi.
1719 yilda yong‘in tufayli yo‘q qilingan Qiz qal’asi, bosh vazir Nevshehirlik Damat Ibrohim Poshsho tomonidan qayta ta’mir qilingan.