Bulletin of the Atomic Scientists jurnalining ekspertlar kengashi “Qiyomat kuni soati” millarini “yadroviy yarim tun”ga (shartli global falokatgacha) yana to‘rt soniyaga yaqinlashtirdi. Natijada soat 23:58:35 ni ko‘rsatmoqda. Bu yarim tungacha 85 soniya qolganini bildiradi.
Bu “Qiyomat kuni soati” loyihasining 78 yillik tarixidagi eng xavfli ko‘rsatkich hisoblanadi. Olimlar mazkur qarorni so‘nggi bir yil ichida dunyo global falokat xavfiga yanada yaqinlashgani bilan izohladi.
O‘tgan yilning yanvarida uning millari atigi 1 soniyaga oldinlagan bo‘lsa, 2023 yilda Ukrainadagi urush fonida birdaniga 10 soniyaga oldinga surilgan edi.
“Qiyomat kuni soati” (Doomsday Clock) loyihasi Chikago universitetiga qarshli jurnal loyihasi bo‘lib, u 1947 yilda AQShda birinchi atom bombasini yaratgan olimlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Dastlab yadroviy qurol asosiy tahdid sifatida ko‘rilgan. 2007 yildan boshlab esa Bulletin of the Atomic Scientists global xavflar qatoriga iqlim o‘zgarishini ham kiritgan.