Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Migrasiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda joriy yil 30 iyuldan 30 avgustgacha "Vatanga qaytarish" nomli xayriya aksiyasi o‘tkaziladi.
Aksiya doirasida xorij davlatlarida og‘ir sharoitda qolgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish va ularni samarali reintegrasiya qilish maqsad qilingan.
Murojaat uchun: Migrasiya agentligining xorijdagi vakolatxonalari va O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari hamda konsullik muassasalari, @huquqiy_yordam_uzbot yoki 12-82 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.