Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq tibbiy jihozlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq tibbiy jihozlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan qiymati 1 mlrd. so‘mdan ortiq tibbiy jihozlarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Xitoy davlatidan poytaxtdagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilgan tibbiy jihozlarning faktura qiymati hujjatlarga ko‘ra 5,4 ming AQSh dollari, netto vazni esa 132,5 kg deb ko‘rsatilgan. Aslida esa boshqacha bo‘lib chiqdi.

Xususan, bojxona xodimlari tomonidan ushbu yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida hujjatlarda tovarlar haqida taqdim etilgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlandi. Ya’ni, deklarasiyada jami 5 400 dona deb ko‘rsatilgan stomatologik buyumlar aslida 82 500 dona ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, yuklar orasida hujjatlarda umuman qayd etilmagan qo‘shimcha ravishda 30 ta komplekt stomatologik jihozlar mavjudligi ham aniqlandi.

Ashyoviy dalil sifatida olingan tibbiy jihozlarning dastlabki qiymati 1 mlrd. 40 mln. so‘mni tashkil qildi va holat yuzasidan hozirda tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:31 30.03.2026. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!