Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi belgilandi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi belgilandi

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (613-son, 30.09.202 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko‘ra, ijaraga oluvchi faqat qonunchilikda yoki ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollardagina yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqlarini ijaraga beruvchining roziligisiz garovga qo‘yishga haqli.

✅ Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga olgan holda kredit berish tartibi kredit tashkiloti tomonidan ichki qoidalarga muvofiq mustaqil belgilanadi.

📋 Kredit tashkiloti tomonidan kredit ta’minoti sifatida ijara huquqi yer uchastkasining ijaraga berish muddati va yer uchastkasining bozor qiymatidan kelib chiqib garovga olinadi.

⏳ Bunda garovga qo‘yilayotgan yer uchastkasining ijara huquqi muddati kreditni qaytarish muddatidan kamida 5 yildan ortiq bo‘lishi lozim.

🏛 Yer uchastkasiga ijara huquqi garovini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan amalga oshiriladi.

💵 Yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qo‘yuvchi tugatilganda, garovga oluvchi garov narsasiga muddatidan oldin undiruv qaratish huquqiga ega.

Kiritildi: 17:31 02.10.2025. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!