Prezident ta’kidlaganidek, qishloq xo‘jaligi sohasini qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan mablag‘lar yildan yilga oshirilmoqda, va kelajakda ham soha uchun zarur har qanday mablag‘ topib berilishi kafolatlanmoqda.
Shu bilan birga, mablag‘larning o‘z vaqtida fermer va dehqonlarga yetib borishi va hosildorlikni oshirishga xizmat qilishi uchun ochiq va shaffof tizim joriy etilishi muhimligi ta’kidlandi.
Qishloq xo‘jaligidagi subsidiyalar avval 6 ta vazirlik orqali ajratilgan edi. Buning oqibatida, barcha moliyaviy xizmatlarni bir joyda muvofiqlashtirish uchun Agrar sohada to‘lovlar agentligi tashkil etildi.
Agentlik orqali kelasi yili dehqon va fermerlarga 2 trillion 200 milliard so‘mlik subsidiya beriladi. Bunda:
subsidiya ajratish jarayoni 4 bosqichdan 2 bosqichga qisqartiriladi,
uni olishga ketadigan vaqt 1 oydan 15 kunga kamaytiriladi,
har bir subsidiya fermerlarga maqbul shartlarda va zarur vaqtda taqdim etiladi.
Keyingi yildan suv nasosi uchun sarflangan elektr energiyasi subsidiyalari meva-sabzavot, moyli ekin, kartoshka va ozuqa ekinlari yetishtiruvchi fermerlarga ham taqdim etilishi e’lon qilindi.