“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–153-son, 04.09.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 2026–2027 yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy tovar aylanmasini kamida 3 baravar oshirish Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad etib belgilandi.
📝 Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan:
🔹 qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari realizasiyasi uchun QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi;
🔹 qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) 3 kunda avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi.
✅ Bundan tashqari, 2026 yil 1 yanvardan ishlab chiqilgan tovarlarni aynan 1 ta yetkazib berish zanjiri bo‘yicha QQS summasini hisobga olishda elektron hisobvaraq-fakturalarni xavf darajasiga qarab real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda tahlil qilish tizimi joriy qilinadi.
📜 Bunda yuqori xavf darajasiga ega elektron hisobvaraq-fakturalarning ulushi hisobot davrida rasmiylashtirilgan jami elektron hisobvaraq-fakturalar sonining 10 foizidan oshmasligi nazarda tutildi.