Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qishki transfer oynasida eng ko‘p pul sarflagan klublar ma’lum bo‘ldi

A A A
Qishki transfer oynasida eng ko‘p pul sarflagan klublar ma’lum bo‘ldi

Germaniyaning «Herta» klubi qishki transfer oynasida hammadan ko‘p – 78 mln yevro mablag‘ sarfladi, deb xabar beradi Transfermarkt.

Berlinliklar hujumchilar Kshishtof Piontek («Milan», 27 mln yevro) va Mateus Kunya («RB Leypsig», 15 mln), shuningdek, yarimhimoyachilar Lyuka Tusar («Lion», 25 mln) va Santyago Askasibar («Shtutgart», 11 mln) transferini amalga oshirishdi.

Shuningdek, yuqori uchlikka «Napoli» (65,5 mln yevro) va «Monako» (62 mln) klublari ham kirishdi.

Lissabonning «Sporting» klubi transferlardan eng ko‘p daromad oldi – 55 mln yevro. «Sherlar» Brunu Fernandeshni aynan shu qiymatga «Manchester Yunayted»ga sotishdi.

Kiritildi: 06:40 02.02.2020. O'qildi: 3651 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!