Taniqli jurnalist Devid Ornshteyn "Manchester Siti" forvardi Omar Marmush va jamoa vingeri Savioning kelajagi haqida fikr bildirdi.
Avvalroq, har ikki futbolchi Londonning "Tottenxem" klubiga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Ishonchim komilki, Marmush va Savio kabi futbolchilar qoladi, chunki "Manchester Siti" ularni qo‘yib yubormoqchi emas. Ular sovrinlar uchun kurashish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqchi," - dedi jurnalist.
Marmush joriy mavsumda barcha turnirlar hisobida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Savinyo hisobida 22 ta o‘yin, 2 ta gol va 3 ta assist mavjud.