Kelasi hafta Buyuk Britaniya qiroli Charlz III Qo‘shma Shtatlarga amalga oshiradigan davlat tashrifi doirasida Nyu-York meri Zoran Mamdani bilan birgalikda 11 sentyabr fojiasi qurbonlari xotirasiga gulchambar qo‘yish marosimida ishtirok etadi.
27–30 aprel kunlariga rejalashtirilgan ushbu safar davomida monarx Vashington, Nyu-York va Virjiniyada bo‘lishi, shuningdek, AQSh Kongressida tarixiy nutq so‘zlashi kutilmoqda. Bu Buyuk Britaniya qirolining 1991 yildan beri Kongressdagi ilk chiqishi bo‘ladi.
Donald Tramp qirol bilan alohida uchrashuv o‘tkazishni va uning sharafiga davlat ziyofati tashkil etishni rejalashtirgan. AQSh va Britaniya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan bir davrda, Tramp qirol Charlzni "buyuk inson" deb atab, uning tashrifi ikki davlat aloqalarini qayta tiklashga yordam berishiga ishonch bildirdi.
Nyu-York ma’muriyatining ta’kidlashicha, monarx va shahar meri xotira marosimida birga qatnashsa-da, ular o‘rtasida alohida shaxsiy uchrashuv ko‘zda tutilmagan.