Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qirol Charlz III echkiga qirollik unvonini berdi

A A A
Qirol Charlz III echkiga qirollik unvonini berdi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III Normandiyaga tarixiy tashrifi chog‘ida bir paytlar nasistlardan yashiringan echkining noyob zotiga qirollik unvonini berdi. Bu haqda “Korrepondent.net” xabar bermoqda.

Gernsi orollarida yashovchi echki zotlari o‘zining oltin rang va jigarrang mo‘ynasi bilan mashhur bo‘lgan va 200 yildan ortiq vaqtdan beri Normandiyada yashab kelmoqda. Uy hayvonining kamyob zoti allaqachon qirilib ketgan deb hisoblangan, biroq 1920 yillarda Miriam Milborn ismli mahalliy aholi vakillaridan biri qimmatbaho echki zotini uyida yashirincha saqlab kelgan. 1940 yillarda orolni nasistlar bosib olganida ham hayvonlarni dushmanlardan asrab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Endilikda echkining bu zoti Qirollik oltin gernsi echkisi deb nomlanadi. Shu munosabat bilan Qirol Charlz o‘sha yerda yashovchi Jo Martin ismli bola bilan 8 yashar Sammervil Temsin echkisi bo‘yniga misdan yasalgan qo‘ng‘iroqni taqib qo‘ydi.

“Mukofot gernsi zotli echkilarga nisbatan yanada kattaroq e’tirof berilganidan darak beradi va umid qilamanki, kelajakda uni himoya qiladi”, dedi bolaning onasi Rebekka.

Kiritildi: 23:23 20.07.2024. O'qildi: 1362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!