Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan oltin quymalar to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistonga yashirincha olib ketilayotgan oltin quymalar to‘xtatib qolindi

🛡Tovar-moddiy boyliklarning mamlakat hududidan noqonuniy olib chiqilishiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Jumladan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1996 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi Qirg‘iz Respublikasiga chiqish maqsadida “Vodil-avto” chegara bojxona postiga kirib kelgan vaqtida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina kuzov qismining ichiga yashirilgan 4 dona nostandart shakldagi oltin quymalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ularning sof og‘irligi 1 kg 232 gr bo‘lib, umumiy bahosi 2 mlrd 182 mln 466 ming so‘mni tashkil etadi.

Holat yuzasidan DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🏪Hurmatli fuqarolar agarda bu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz Davlat xavfsizlik xizmatining 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar bering. Shaxsingizning sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kiritildi: Bugun 08:53. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!