Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda prezidentga bevosita bo‘ysunadigan Tergov qo‘mitasi tashkil etiladi

Qirg‘izistonda prezidentga bevosita bo‘ysunadigan Tergov qo‘mitasi tashkil etiladi

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mitaga tergov bilan bog‘liq barcha funksiyalar topshiriladi. Bu esa tergovlarning mustaqilligini ta’minlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

«Bosh prokuratura va Harbiy prokuratura barcha organlarning harakatlari qonuniyligini nazorat qiladi. Agar “Nega Tergov qo‘mitasini tashkil etish kerak?” deb so‘rasangiz — biz davlatning kelajagi va barqarorligi haqida o‘ylashimiz kerak», — dedi prezident "Kabar" agentligiga bergan intervyusida.

Shuningdek, Japarov mamlakatda adolatsiz tergov holatlari mavjudligini tan oldi. Chunki Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbarlari ayrim hollarda tergovchilarga tezkor xodim tomonidan “tuhmat qilingan” yoki ataylab ayblangan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni talab qilgan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 17:15. O'qildi: 462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!