Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonda og‘ir yuk mashinalari harakatiga yozgi cheklovlar joriy etildi

Qirg‘izistonda og‘ir yuk mashinalari harakatiga yozgi cheklovlar joriy etildi

1 sentyabrga qadar harorat 28°dan yuqori bo‘lgan kunlarda soat 10:00 dan 20:00 gacha og‘irligi 18 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari harakatiga cheklov joriy etilgan.

Ushbu cheklov 2026 yilning yoz oylarida Qirg‘iziston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari saqlanishini ta’minlash va ulardan foydalanish muddatini uzaytirish maqsadida joriy etiladi.

Mamlakat Transport vazirligiga ko‘ra, cheklov quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
🔹yo‘lovchi tashuvchi transportlarga;
🔹gumanitar yordam yuklariga;
🔹tez buziladigan mahsulotlar va xavfli yuklarga;
🔹maxsus ruxsatnoma asosida tashiladigan katta hajmli yuklarga;
🔹yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlarida ishtirok etuvchi texnikalarga.

Kiritildi: Bugun 13:25. O'qildi: 266 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!