Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda masjidda yong‘in chiqdi

A A A
Qirg‘izistonda masjidda yong‘in chiqdi

24 yanvar kuni kechqurun Qirg‘izistonning Sokuluk qishlog‘ida joylashgan masjidda yong‘in chiqdi. Bu haqida Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in haqida ma’lumot 20:28 da Sokuluk tumani Ichki ishlar bo‘limiga yetib kelgan. 4 ta yong‘in-brigadasi voqea joyiga jalb etilgan. Soat 21:00 da Chuy viloyati FVV boshqarmasi boshlig‘i Akjol Usen boshchiligidagi tezkor guruh voqea joyiga yetib kelgan.

Tekshiruv davomida yong‘in elektr isitgichining qisqa tutashuvi sababli kelib chiqqani aniqlangan. Yong‘in masjidning oshxona qismida yuzaga kelgan va binoning to‘liq yonib ketishiga olib kelgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:56 26.01.2025. O'qildi: 1359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!