Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qirg‘iziston va Tojikiston 11 kilometrga yaqin davlat chegarasi bo‘yicha kelishib oldi

A A A
Qirg‘iziston va Tojikiston 11 kilometrga yaqin davlat chegarasi bo‘yicha kelishib oldi

Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegasiyalari Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish bo‘yicha yana 10,76 kilometrlik davlat chegara chizig‘i bo‘yicha kelishib oldi, deya xabar beradi Kazinform.

Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar kabineti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2024 yilning 12-17 mart kunlari Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyatining Bo‘ston shahrida topografik ishchi guruhlari va huquqiy masalalar bo‘yicha ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qirg‘iziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegasiyalarining Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining 10,76 kilometri kelishib olindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli bayonnoma imzolandi. Tomonlar Qirg‘iziston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi uchrashuvda qolgan hududlarni tavsiflash ustida ishlashni davom ettiradi.

Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy chegarasi 970 kmdir. Tomonlarning uchrashuvlari bir-birining hududida navbatma-navbat o‘tkaziladi. O‘tgan yilning oktyabr oyidan hozirgacha ikki davlat hukumatlari Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining 212 kilometrdan ortiq qismini kelishib olgan.

Kiritildi: 13:28 18.03.2024. O'qildi: 1328 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!