Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘iziston SHHT doirasidagi qisqa muddatli inqirozlarga javob choralarini taklif qildi

A A A
Qirg‘iziston SHHT doirasidagi qisqa muddatli inqirozlarga javob choralarini taklif qildi

Tashqi iqtisodiy va tashqi savdo faoliyati mas’uliyat doirasiga kiruvchi SHHTga a’zo davlatlar hukumatlari a’zolari Bishkekdagi yig‘ilishga yig‘ildi. Unda Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev qisqa muddatli inqirozlarga javob berish bo‘yicha ishlarni faollashtirish bo‘yicha taklif bilan chiqdi.

«Men SHHT maqsadlarini samarali ilgari surish, uzoq muddatli iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, shu jumladan, qisqa muddatli inqirozlarga samarali javob berish orqali ishlarni faollashtirishni muhim deb bilaman», dedi u.

Vazirning aniqlik kiritishicha, gap vaqti-vaqti bilan paydo bo‘layotgan oziq-ovqat xavfsizligi muammolari, xalqaro transport yo‘laklari faoliyatining buzilishi va energiya narxining oshishi haqida bormoqda.

Amangeldiyevning fikricha, qisqa muddatli inqirozlar zararini minimallashtirish maqsadida SHHT mintaqasini xalqaro transport-logistika tizimiga integrasiyalash jarayonini jadallashtirish, uning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish kerak.

Bundan tashqari, vazir raqamli tijoratni rivojlantirish va savdo to‘siqlarini bartaraf etishga ko‘maklashishni taklif qildi.

Kiritildi: 00:02 28.09.2023. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!