Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Avstriya, Qirg‘iziston, Portugaliya, Trinidad va Tobago hamda Zimbabveni 2 yillik muddatga Xavfsizlik Kengashining 15 ta a’zolik tarkibiga sayladi. Ular Xavfsizlik Kengashining doimiy bo‘lmagan a’zolari bo‘ladi va 2027 yil 1 yanvardan ish boshlaydi.
Reuters'ning yozishicha, Osiyo-Tinch okeani guruhi kvotasi uchun Filippin va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bellashuv to‘rt bosqichli ovoz berishgacha davom etgan. Yakunda Qirg‘iziston 142 ovoz olib, o‘z tarixida ilk bor Xavfsizlik Kengashi a’zoligini ta’minladi.