Qirg‘iziston hukumati yoqilg‘i-moylash materiallari narxlarini barqarorlashtirish choralari to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Bu haqda "Interfaks" agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujjat Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Adilbek Kasimaliyev tomonidan imzolangan.
Qarorga ko‘ra, 25 maydan 30 sentyabrgacha davlat benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gaz importini subsidiyalaydi. Shu maqsadda import qilingan yoqilg‘i uchun qat’iy sotib olish narxlari belgilandi: AI-92 benzini tonnasi uchun 860 dollar, AI-95 benzini 940 dollar, dizel yoqilg‘isi 950 dollar va suyultirilgan gaz tonnasi uchun 575 dollar.
Davlat importchilarga yoqilg‘ining bozor narxi va belgilangan narxlar o‘rtasidagi farqni subsidiyalar orqali qoplashni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, Soliq xizmatiga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz uchun aksiz solig‘ini to‘lashni keyingi oyning 20-sanasiga qadar kechiktirish topshirildi.
Iqtisodiyot vazirligiga ham yoqilg‘i-moylash materiallari narxlarini vaqtincha davlat tomonidan tartibga solish, maksimal chakana narxni belgilash topshirildi. Shu bilan birga, hukumat neft mahsulotlarini avtomobil yo‘li orqali import qilishga qo‘yilgan cheklovlarni to‘xtatdi.