Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari kengashi yig‘ilishida Qirg‘iziston Vazirlar kabineti raisi o‘rinbosari Edil Baysalov Falastindagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdi.
Qirg‘iziston rasmiysi xalqaro hamjamiyatni adolat uchun qat’iy choralar ko‘rishga chaqirdi.
- Falastin xalqini majburan ko‘chirishga qaratilgan har qanday urinish etnik tozalashdan boshqa narsa emas. Biz bunday tashabbuslarni qat’iyan rad etamiz va xalqaro hamjamiyatni butun bir xalqni jamoaviy jazolashning oldini olishga chaqiramiz, — dedi u.
Qirg‘iziston Falastin xalqining o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi. Edil Baysalov xalqaro huquq normalarini hurmat qilish va teng huquqli muloqot orqaligina uzoq muddatli tinchlikka erishish mumkinligini ta’kidladi.
Avvalroq Misr va Iordaniya falastinliklarni joylashtirishga qarshi ekanini yozgan edik.