Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qirg‘iziston bilan «Keskanyor» chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Qirg‘iziston bilan «Keskanyor» chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi

Andijonning transport va logistika imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha yirik loyihalar belgilandi.

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li hisobiga yuk tashish hajmini 10 karra oshirib, yiliga 15 million tonnaga yetkazish imkoni paydo bo‘ladi.

Shu munosabat bilan yil yakunigacha Qo‘rg‘ontepa va Xonoboddagi 300 gektar maydonda 600 million dollarlik logistika kompleksi loyihasini boshlash topshirildi.

Qirg‘iziston bilan «Do‘stlik» postiga nisbatan ikki barobar katta «Keskanyor» chegara postini ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgani qayd etildi. Uch oyda uning loyihasini ishlab chiqib, qurilishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Bu yuk tashish hajmini 2-3 karra oshirish va muddatini bir haftaga qisqartirishga xizmat qiladi.

Yangi transport oqimiga mos ravishda 78 kilometrli «Xonobod – Andijon» pulli avtomobil yo‘lini loyihalashga kirishiladi.

Shu oydan «Toshkent – Andijon» tezyurar poyezdi yo‘lga qo‘yilib, safar vaqti 6 soatdan 4 soatga qisqardi. Kelgusi yil «Toshkent – Andijon» pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi.

Kiritildi: 13:59 24.09.2026. O'qildi: 1202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!