Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Mamlakat rahbarini faqat Ukraina xalqi tanlashi mumkin" - Zelenskiy

"Mamlakat rahbarini faqat Ukraina xalqi tanlashi mumkin" - Zelenskiy

Ukraina prezidentini Tramp ham, Mask ham, boshqa hech kim ham tanlay olmaydi. Mamlakat rahbarini faqat Ukraina xalqi tanlashi mumkin - Zelenskiy,

«Agar meni lavozimdan chetlatishsa, yangi prezident — erkakmi yoki ayolmi — mamlakatimizni himoya qilishiga ishonaman. Chunki bu bizning uyimiz», — dedi Zelenskiy.

Jurnalist Pirs Morgan Ukraina AQSh yordamisiz g‘alaba qozona oladimi, deb so‘raganida, Zelenskiy shunday javob berdi:

«Biz hech qanday holatda mustaqilligimizni yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaymiz. Ayrim nufuzli insonlar meni almashtirishni xohlashadi. Chunki men Ukraina hududini hech qachon Rossiya hududi deb tan olmayman» — deb javob berdi Zelenskiy.

Shuningdek, Zelenskiy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi voqealarga ham to‘xtalib o‘tdi.

"Narxlar oshganining haqiqiy sababi — Ho‘rmuz bo‘g‘ozi. Butun dunyo buni 100 foiz aniq tushunib turibdi" — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: 01:50 16.10.2026. O'qildi: 835 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!