Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana o‘q uzildi. Kim aybdor?

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana o‘q uzildi. Kim aybdor?

Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida navbatdagi mojaro sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Aziya Plyus Tojikiston xavfsizlik qo‘mitasiga asosan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Isfara tumani Xo‘ja A’lo qishlog‘i aholisi eski suv quvurlarini yangisiga almashtirayotgan vaqtida 25-30 nafar qirg‘iz chegarachilari ularga yaqin kelib ushbu joy bahsli hudud ekanini aytib, ishni to‘xtatishni talab qilishgan va odamlar tomon o‘t ochgan. "Baxtli tasodiq tufayli hech kimga zarar yetmadi, ishlar to‘xtatildi", - deyilgan Tojikiston rasmiy xabarida. 

Kg.24 agentligi xabariga ko‘ra,  Qirg‘iziston chegarachilari o‘z vakolati doirasida harakat qilgan. 

"Voqea joyiga yetib kelgan chegara otryadi, chegaraning belgilanmagan qismida ishlarni to‘xtatishni talab qilgan. Lekin Tojikiston fuqarolari bunga bo‘yso‘nmagan va gap talashish boshlangan. Harbiylar sog‘ligini saqlab qolish va mojaro kengayib ketishini oldini olish maqsadida chegarachilar osmonga o‘q uzishdi. Hozir ushbu hududda ishlar to‘xtatilgan", - deyilgan Qirg‘iziston tomon rasmiy xabarida. 

Ayni damda Tojikiston va Qirg‘iziston tomon chegara xizmatlari va Ijroiya qo‘mitalari orasida ushbu hudud borasida muzokaralar olib borilmoqda. 

Kiritildi: 15:23 26.10.2020. O'qildi: 3275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!