Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana o‘q ovozi eshitilgan

Qirg‘iz-tojik chegarasida yana o‘q ovozi eshitilgan

Ayni fursatlarda dunyo aholisi diqqat-e’tibori o‘ta qaltis Rossiya—Ukraina munosabatiga qaratilgan bir paytda Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi harakatlar yana bir karra xavotirga solmoqda. Xususan, taxminan 1 soatlarcha avval ikki davlat chegarasida yana o‘q ovozi eshitilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mamlakatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar avj pallasida bo‘lgan bir vaqtda tarqalgan barcha xabarlar kishini o‘ylantiradi. Xo‘sh, chindan ham bu ikki davlat o‘rtasida otishma davom etmoqdami?

Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining xabar qilishicha, 2022 yil 21 sentyabr soat 19:00 holatiga ko‘ra, Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasining Botken viloyatidagi uchastkasida vaziyat keskinligicha qolmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 18:20 dan 18:50 ga qadar Qirg‘izistonning Botken tumanidagi Do‘stuk qishlog‘i yaqinida Tojikiston Respublikasi hududida ikki marta o‘q uzilgan.

Leylek tumanining Maqsat va Botken tumanining Do‘stuq qishlog‘ida fuqarolar avtomobillariga qarata o‘q uzilgani haqidagi ma’lumotlar esa haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aytilmoqda.

Qirg‘iziston Respublikasi Chegara xizmati fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlardagi ishonchsiz nashrlar va turli mish-mishlar bilan jamoatchilikni bezovta qilmaslikka hamda tegishli idoralar bilan ma’lumotlarga aniqlik kiritishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, sal avval Qirg‘iziston va Tojikiston rasmiylari chegaradosh hududlardagi qurolli mojarolarni tartibga solish bo‘yicha protokolni imzolagandi. Shuningdek, Putin qirg‘iz-tojik chegarasidagi barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘makka tayyorligini bildirgan.

Kiritildi: 20:26 21.09.2022. O'qildi: 3345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!