Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qidiruvdagi surxondaryolik qarzdor ota poytaxtdan topildi

Qidiruvdagi surxondaryolik qarzdor ota poytaxtdan topildi

Uzun tumanida yashovchi Akmal Isayev (ism-sharif o‘zgartirildi) Toshkent viloyatilik Sohiba Soipova bilan tanishgach, bir-birlariga ko‘ngil qo‘yadi. Ota-onalarining rozi-rizoligi bilan oila quradi. Afsuski, bir farzandli bo‘lishgach, oila qo‘rg‘oniga darz keta boshlaydi. O‘zaro kelishmovchiliklar sababli ajrashishga ahd qiladi. Otalik mas’uliyatini his etmagan A.Isayev jigarbandi uchun aliment to‘lashdan ham bo‘yin tovlaydi.

Farzandining moddiy ta’minotidan qochib yurgan otaga MIB Uzun tumani bo‘limi qidiruv e’lon qildi. Tezkor harakatlar chog‘ida A.Isayev Toshkent shahridagi “Farhod” dehqon bozorida sotuvchilik qilayotganida ushlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tuman sudida aliment to‘lashdan yashirinib yurgan qarzdor otaning videokonferensaloqa shaklida ishtiroki ta’minlandi, – deydi MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi inspektori Mansur Nazarov. – Qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish taraflar ishtirokida Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi binosida ko‘rib chiqildi. Bir farzandi ta’minoti uchun 37,5 million so‘m aliment qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlagan A. Isayevga sud qarori bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Ayni paytda MIB Surxondaryo viloyati boshqarmasi va uning quyi bo‘limlarida voyaga yetmagan bolalar ta’minoti bilan bog‘liq qariyb 24 mingta ijro ishi yuritilmoqda.

Kiritildi: 09:47 09.07.2024. O'qildi: 738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!