Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Qidiruvdagi ota topilib, unga sud hukmi bilan jazo tayinlandi

Qidiruvdagi ota topilib, unga sud hukmi bilan jazo tayinlandi

Aliment undiruvi bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan shaxslarning ish hujjatlari sudlarga o‘tkazilib, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Majburiy ijro byurosining Bog‘ot tumani bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan qarzdor R.B. fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining 06.02.2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan undiruvchi T.SH. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment pulini to‘lab borishi belgilangan bo‘lsa-da, u belgilangan aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lamasdan kelgan.

Natijada, 06.03.2020 yildan 01.04.2026 yilga qadar alimentdan 116.303,4 ming so‘m qarzdorligi yig‘ilib qolgan.Qarzdor R.B.dan aliment pullarini undirishning imkoni bo‘lmaganligi sababli, bo‘lim davlat ijrochisi K.Djumaniyazov tomonidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan Jinoyat ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumani sudiga yuborilgan.

Sudning 02.04.2026 yildagi qarori bilan qarzdor R.B.ga 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Kiritildi: Bugun 18:08. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!