Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Zelenskiy: "Rossiya Ukrainaga "Oreshnik" gipertovushli raketasi bilan zarba berishga tayyorlanmoqda"

Zelenskiy: "Rossiya Ukrainaga "Oreshnik" gipertovushli raketasi bilan zarba berishga tayyorlanmoqda"

Rossiya Ukrainaga "Oreshnik" gipertovushli ballistik raketasi yordamida zarba berishga tayyorlanmoqda.

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ijtimoiy tarmoq sahifasida Ukraina, AQSh va Yevropadan kelgan razvedka ma’lumotlariga tayanib yozdi.

"Biz Ukraina hududiga, jumladan, Kiyevga turli xil qurollardan foydalangan holda birgalikda zarba berishga tayyorgarlik ko‘rayotganlik alomatlarini ko‘rmoqdamiz. Bunday zarba berishda ushbu o‘rta masofali qurollardan foydalanish mumkin", dedi Ukraina rahbari.

U Ukrainaning AQSh va Yevropadagi sheriklarining e’tiborini "bunday qurollardan foydalanish va bu urushning uzayishi boshqalar uchun global presedent yaratishiga" qaratdi.

Zelenskiy Kiyev global javobga - "faktumdan keyingi emas, balki oldindan ogohlantiruvchi" choralarga umid qilayotganini ta’kidladi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Moskvaning urushni avj oldirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun unga bosim o‘tkazish kerak.

“Biz havo hujumidan mudofaa tizimlarimizni qo‘limizdan kelganicha tayyorlamoqdamiz va Rossiyaning har bir hujumiga adolatli javob beramiz. Biz paradga ruxsat berdik, ammo Rossiyaning jinnilikka ruxsati yo‘q. Bu urush tugashi kerak – bizga tinchlik kerak, kasal ambisiyalarni qondirish uchun raketalar emas...”, deb xulosa qildi Zelenskiy.

Kiritildi: Bugun 10:15. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!