Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qibrayda avtobus va Cobalt to‘qnashdi

Qibrayda avtobus va Cobalt to‘qnashdi

Toshkent viloyati IIBB YHB matbuot xizmati Qibray tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Kecha, 23 iyun kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tgan D-006 “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “MAN” rusumli avtobus hamda 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli yengil avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida ushbu transport vositalaridan tashqari yana bir necha avtoulovlarga ham shikast yetgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Kiritildi: 11:08 24.06.2025. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!