Bugun 22 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Qayta jinoyat sodir etgan narkosavdogar qamoqqa olindi

Qayta jinoyat sodir etgan narkosavdogar qamoqqa olindi

☄️Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona hamda ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasining savdosiga chek qo‘yildi.

👀Xususan, oldindan kuzatuvga olingan – Urgut tumanida yashovchi, 1966 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs 993 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 15 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, ushbu narkotik modda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

⚖️Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

🖥Ta’kidlash lozimki, Jinoyat Kodeksining ushbu moddalarining mazkur qismlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 08:02. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!