Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qaysi kasallikka chalingan o‘quvchilar imtihondan ozod qilinadi?

A A A
Qaysi kasallikka chalingan o‘quvchilar imtihondan ozod qilinadi?

O‘zbekistonda o‘quvchilarni imtihonlardan ozod qilish huquqini beradigan kasalliklar ro‘yxati kengaytirildi, deya xabar qilmoqda Norma.uz.

Maktab o‘quvchilarini yakuniy davlat attestasiyasidan ozod qilish huquqini beruvchi boshqa 55 ta kasallikdan tashqari, yana quyidagi 4 ta kasallikda ular imtihonlardan ozod qilinadilar:

  • mukovissidoz, aralash shakli, og‘ir turi (kasallik kodi YE84);
  • plevrit (J90-K94);
  • nospesifik yarali kolit (zo‘riqish davri, K51);
  • jigar sirrozi (dekompensasiya davri, K74.6).

O‘quvchilarga sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyasidan ozod bo‘lish huquqini beruvchi kasalliklarga tif, botulizm, sil kasalligi, xavfli o‘smalar kabilar kiradi. Quyidagi havola orqali kasalliklarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin.

Kiritildi: 12:01 08.11.2019. O'qildi: 2799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!