Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Qaysar Vinisius "Real"ning navbatdagi taklifini rad etdi. U Mbappe bilan bir xil maosh olmoqchi

Qaysar Vinisius "Real"ning navbatdagi taklifini rad etdi. U Mbappe bilan bir xil maosh olmoqchi

"Real" hujumchisi Vinisius Junior futbol mish-mishlari olamining qahramoni bo‘lib qolmoqda. Transfer News Live nashrining Cadena SER radiostansiyasiga asoslanib xabar berishicha, Vinisius "qaymoqranglilar"ning shartnomani uzaytirish bo‘yicha so‘nggi taklifini rad etgan. 25 yoshli futbolchining vakillari bu taklifni moliyaviy jihatdan yetarli emas deb baholashgan.

Vinisius Kilian Mbappe darajasidagi maoshni talab qilishda davom etmoqda. Braziliyalik futbolchi yangi mavsumda yuqori sifatli o‘yini bilan yuqori daromadni oqlashga umid qilmoqda.

Ilgari matbuotda Vinisius va Mbappening asosiy maoshi taxminan bir xil ekanligi, biroq fransuz futbolchi erkin agent sifatida kelganidan so‘ng katta imzo bonusi tufayli ko‘proq daromad olayotgani haqida ma’lumotlar berilgandi.

Kiritildi: 18:55 01.08.2025. O'qildi: 595 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!