Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qatorasiga oltinchi marta saylovda g‘olib bo‘lgan prezident

Qatorasiga oltinchi marta saylovda g‘olib bo‘lgan prezident

Ekvatorial Gvineyaning amaldagi Prezidenti Teodoro Obiang Ngema Mbasogo 20 noyabrda davlat rahbarligiga bo‘lib o‘tgan saylovda g‘alaba qozondi, deb bayonot berdi shanba kuni mamlakat saylov komissiyasi rahbari Faustino Ndong Esono Eyang.

"Teodoro Obiang Ngema Mbasogo 94,9 foiz ovoz oldi, saylov komissiyasi uni navbatdagi yetti yilga Ekvatorial Gvineyaning prezidenti etib e’lon qiladi", - deya keltiradi saylov komissiyasi rahbarining so‘zlarini France-Presse agentligi.

Qolgan ovozlar muxolifat partiya yetakchisi Andres Esono va Sosial-demokratik koalisiya partiyasi yetakchisi Monsuy Asumu o‘rtasida taqsimlandi.

Mamlakatda jami ovoz beruvchilar soni 300 ming kishi, ovoz berishda 98 foiz saylovchilar ishtirok etgan.

43 yildan buyon hokimiyatni o‘z qo‘lida ushlab turgan 80 yoshli Obianga Ngema Mbasogo uchun bu oltinchi prezident saylovi hisoblanadi. U o‘tgan barcha saylovlarda raqiblarini katta farq bilan mag‘lubiyatga uchratib kelgan.

Manarxlarni hisobga olmaganda, hali dunyoda hech bir davlat rahbari Obiang Ngema Mbasogodan uzoq prezidentlik qilmagan.

Prezident saylovi bilan bir vaqtning o‘zida mamlakatda parlament saylovlari ham bo‘lib o‘tdi. Unda hokimiyatni boshqarayotgan Ekvatorial Gvineya Demokratik partiyasi eng ko‘p o‘ringa ega bo‘ldi. Mazkur partiyaga amaldagi prezident yetakchilik qiladi.

Kiritildi: 15:20 27.11.2022. O'qildi: 4069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!