"Qatar Energy" kompaniyasi Italiya, Belgiya, Janubiy Koreya va Xitoy bilan tuzilgan suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar yuzasidan "fors-major" holatini e’lon qildi.
Bu haqda "Al Jazeera" telekanali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunday qarorga kompaniyaning Ras-Laffandagi korxonalariga raketa hujumlari natijasida yetkazilgan jiddiy zarar sabab bo‘lgan. U yerda STGni qayta ishlash bo‘yicha ikkita va gazni suyuqlikka aylantirish bo‘yicha yana bitta ob’ekt shikastlangan.
«Biz yetkazilgan zararni baholamoqdamiz va zarar ko‘rgan ob’ektlarni ta’mirlash grafigini tuzyapmiz», — deyiladi "Qatar Energy" bayonotida.