Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qatarda qolib ketgan o‘zbekistonliklarning so‘nggi guruhi vataniga qaytdi

Qatarda qolib ketgan o‘zbekistonliklarning so‘nggi guruhi vataniga qaytdi

Qatar havo hududining yopilishi sabab u yerda qolib ketgan o‘zbekistonlik fuqarolarning so‘nggi guruhi vataniga qaytdi. Evakuasiya jarayoni O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 13–14 mart kunlari 96 nafar fuqaro Doxa shahridan Dubayga avtobus orqali borgan va u yerdan Toshkentga samolyotda uchib kelgan. Diplomatik missiya xodimlari avtobus xavfsizligini ta’minlash maqsadida uni chegaragacha kuzatib borgan.

Ma’lum qilinishicha, evakuasiya jarayonida Qatardan jami 548 nafar O‘zbekiston fuqarosi, jumladan sayyohlar, talabalar hamda vaqtinchalik ish faoliyati bilan kelgan shaxslar olib chiqilgan.

Evakuasiya zarurati Qatar 28 fevral kuni Isroil, AQSh va Eron orasidagi qo‘rolli to‘qnashuvlar sabab havo hududini yopganidan so‘ng yuzaga kelgan. Natijada Xamad xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan va taxminan 2000 ga yaqin reys bekor qilingan.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 288 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!