Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Qatar Suriya bilan gazni baham ko‘radi

 Qatar Suriya bilan gazni baham ko‘radi

Qatar Suriyaga Iordaniya orqali tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi, deya xabar bermoqda QNA davlat axborot agentligi.

Loyihaning birinchi bosqichida kuniga 400 megavattgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi, deyiladi Qatar taraqqiyot jamg‘armasi bayonotida. Ta’minot Iordaniya orqali o‘tuvchi Arab gaz quvuri orqali amalga oshiriladi.

Iordaniya energetika vaziri Solih Xarabshening aniqlik kiritishicha, tashabbus to‘liq Qatar tomonidan moliyalashtiriladi.

Ismini oshkor etmagan amerikalik mulozim Reuters agentligiga gaz kelishuvi prezident Donald Tramp ma’muriyati tomonidan ma’qullanganini aytdi, ammo tafsilotlarni keltirmadi.

Suriya elektr energetika vaziri Umar Shakruk yetkazib berish boshlanganini tasdiqladi va elektr energiyasini kuniga 2-4 soatga oshirishini aytdi.

Kiritildi: 22:19 14.03.2025. O'qildi: 446 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!