Qatar vositachilari 28 yoki 29 sentyabr kuni Nyu-Yorkda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi hamda AQSh vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bu haqda diplomatik jarayonlardan xabardor yuqori martabali amaldor Reuters agentligiga ma’lum qildi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, mazkur uchrashuvlar mojaroga barham berishga qaratilgan yangi urinish bo‘ladi.
Muzokaralarning asosiy mavzusi Tehron o‘tgan hafta BMT Bosh Assambleyasi doirasida taqdim etgan "etti kunlik reja"ning yangilangan varianti bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka kelgan Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi aynan ushbu maslahatlashuvlarda qatnashish maqsadida AQShdagi tashrifini uzaytirgani qayd etilgan.