Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar oila a’zolarining muammolari o‘rganilmoqda

A A A
Qashqadaryoda xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar oila a’zolarining muammolari o‘rganilmoqda

Tashqi mehnat migrasiyasi sohasidagi Prezident qarorlari ijrosini "mahallabay" o‘rganish maqsadida Ishchi guruhi joylarga tashrif buyurib, xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolar oila a’zolarining muammolarini o‘rganmoqda.

Xususan, Ishchi guruhi a’zolari Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi "Yangiobod", "Ayg‘irko‘l", "Xo‘jailg‘or" mahalla fuqarolar yig‘inida aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida mehnat migrantlari oila a’zolari tomonidan ish o‘rni va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun kredit ajratish masalalarida murojaatlar qilindi. Ishchi guruh tomonidan aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan yo‘l-xaritalari belgilandi.

Kiritildi: 15:53 24.08.2021. O'qildi: 2085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!