Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qashqadaryoda XIV asr yodgorligi bo‘lgan masjid nurab borayotganiga munosabat bildirildi

Qashqadaryoda XIV asr yodgorligi bo‘lgan masjid nurab borayotganiga munosabat bildirildi

Qashqadaryoning Kasbi tumanida Sulton Mir Haydar ota kompleksiga tegishli namozgoh nurab borayotgani, uni asrab qolish uchun hech qanday chora ko‘rilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Madaniy meros agentligi bunga munosabat bildirdi.

Unda aytilishicha, mazkur holat bo‘yicha Madaniy meros agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganishlar olib borildi.

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Mug‘lon qishlog‘i hududida joylashgan “Nomozgoh” masjidi XIV asr yodgorligi hisoblanadi.

Ushbu inshoot Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxatiga arxitektura yodgorligi sifatida kiritilgan bo‘lib, davlat muhofazasiga olingan.

Me’moriy yodgorlik 2023 yilgi restavrasiya rejasiga kiritilgan. Hozirda dastlabki loyiha hujjatlari shakllantirilib, restavrasiya jarayonini amalga oshirish uchun ekspertiza xulosalari tayyorlanmoqda.

Kiritildi: 16:36 31.05.2023. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!