Qashqadaryo viloyatida bir shaxs o‘zini prokuror sifatida tanishtirib, fuqarodan pul talab qilgan.
U jabrlanuvchining ukasini Mudofaa vazirligidagi yuqori lavozimga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 3000 AQSh dollari so‘ragan. Firibgar kelishilgan pulning 1500 dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olingan shaxs zaxiradagi kichik serjant bo‘lgan.