Bugun 16 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda o‘zganing nomiga 30 mln so‘m kredit olgan firibgarlar ushlandi

Qashqadaryoda o‘zganing nomiga 30 mln so‘m kredit olgan firibgarlar ushlandi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro S.A. “Guliston ekstrakt-yog‘” AJda ishlab kelgani va mazkur korxona bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganidan so‘ng ishlagan kunlari uchun ish haqi to‘lab berilmagani bo‘yicha murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat nazoratga olinib, Ombudsman tomonidan fuqaro manfaatida uning mehnat huquqlarini tiklash bo‘yicha sudga da’vo ariza kiritildi. Natijada sudning hal qiluv qarori bilan ish beruvchi zimmasiga fuqaro S.A. foydasiga jami 21 million so‘m undirilishi belgilandi.

Xorazm viloyatidan yuborilgan murojaatda esa bir guruh fuqarolar Urganch shahrining asosiy ko‘chalaridan biri bo‘lgan, transport harakati serqatnov bo‘lgan asosiy yo‘l-Xonqa ko‘chasiga svetofor o‘rnatilishida amaliy yordam so‘rashgan edi. Mazkur murojaat Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, haqiqatdan ham mazkur chorrahada avtomobillar oqimi va avariya xavfi juda yuqori hamda hududdagi aholi yo‘l kesishmasidan o‘tishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani aniqlandi. Natijada Urganch shahar, Xonqa ko‘chasidagi mazkur chorrahaga svetofor o‘rnatildi. Shuningdek, yo‘l harakati qatnashchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilib, piyodalar o‘tish yo‘lagi chizildi.

Qashqadaryo viloyatidan yuborilgan yana bir murojaatda fuqarolar nomiga noqonuniy kredit rasmiylashtirgan firibgarlar qilmishi fosh bo‘lib, sudda aybdor deb topilgan bo‘lsada, fuqaro nomidagi qarzdorlik yechilmagani bo‘yicha shikoyat kelib tushgan. Murojaatchi U.L. nomiga muqaddam sudlangan fuqaro A.T. bank xodimlari va ta’minotchi korxona bilan til biriktirib, soxta hujjatlar asosida 2021 yil iyun oyida 30 mln.so‘m miqdorida kredit rasmiylashtirgan. Jinoyatchilarga jazo tayinlangan, lekin murojaatchi nomiga olingan kredit mablag‘lari uchun qarzdorlik uning bo‘ynida qolib ketgan. Bank tomonidan kreditni so‘ndirish bo‘yicha xabarlar to‘xtamagan. Mazkur holat Ombudsman nazoratiga olinib, uning Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan ishga oid hujjatlar o‘rganildi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida Qashqadaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining ajrimi chiqarildi. Unga ko‘ra, murojaatchi “Agrobank” ATB Nishon filiali ishi bo‘yicha fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilib, uning nomiga ajratilgan va to‘lanmagan 30 mln so‘m zarar sudlangan A.T.dan “Agrobank” ATB Nishon filiali foydasiga undirilishi belgilandi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!