Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoda o‘tkazilgan to‘yda kuyovning jo‘rasi pichoqlandi

Qashqadaryoda o‘tkazilgan to‘yda kuyovning jo‘rasi pichoqlandi

Nishon tumani “Kaptarli” mahalla fuqarolar yig‘inida mudhish jinoyat sodir etildi. Shu mahallada yashovchi jiyanining nikoh to‘yiga kelgan Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida yashovchi X.E. yarim tunda tort kesish tadbirida ko‘yovning jo‘rasi X.J. bilan janjallashib qoladi.

Jahl kelsa, aql ketadi deganlaridek, X.E. spirtli ichimlik ta’sirida oshxonadan pichoq olib chiqib, X.J.ning chap ko‘krak qismiga sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Kelgusida bunday jinoyatlarning oldini olishga bag‘ishlab o‘tkazilgan muhokamada mahalla faollarining to‘yni vaqtida boshlab tugatishga e’tiborsizlik qilgani, spirtli ichimliklar dasturxonga ko‘p qo‘yilgani yuqoridagi jinoyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lganini ta’kidlandi.

Holat yuzasidan Nishon tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:37 27.07.2022. O'qildi: 5585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!