Isroil harbiy-havo kuchlarining dronlari Damashq yaqinidagi yerdagi nishonlarga zarba berdi.
Bu haqda Sham TV telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar shahar janubi-g‘arbidagi Masakin-es-Sabbura mahallasi yaqinidagi harbiy pozisiyalarni nishonga olgan. Hujum oqibatlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.