Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

Qashqadaryoda sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

O‘zenergoinspeksiya Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Qamashi tumanida “X. Q. Q.” fermer xo‘jaligiga qarashli AYOQShda Ai-92 markali avtobenzin laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan neft mahsuloti qiymatining 50 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.

Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu shoxobchada aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 16:17 12.11.2025. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!