Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda qizning mastligidan foydalanib, nomusiga tekkan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Qashqadaryoda qizning mastligidan foydalanib, nomusiga tekkan erkakka jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan habar yuzasidan munosabat bildirildi.

Qarshi shahar, “Mag‘zon” MFYda yashovchi G.R Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2020 yil 17 oktyabr kuni soat 18:30 larda o‘zining tanishi Yakkabog‘ tumanida yashovchi M.X bilan Qarshi shahar, “Gulshan” MFYda joylashgan xonadonga birga borib, M.X bilan birga o‘tirib ovqatlanib, spirtli ichimlik iste’mol qilganligini, so‘ngra u mast bo‘lib o‘zini yo‘qotib qo‘yganligini, ushbu vaqtda M.X uni nomusiga tegib, jinsiy aloqa qilganligini bildirib, M.Xga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Tekshiruv natijasi bo‘yicha G.Rning murojaati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishlikni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Mazkur qaror Qarshi shahar prokuraturasi tomondan nazorat tartibida o‘rganib chiqilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlarini olib borishlik uchun to‘plangan hujjatlarni Qarshi shahar 4-sonli IIB TBga yuborilgan.

G.Rning murojaati bo‘yicha Qarshi shahar 4-sonli IIB TB surishtiruvchisi tomonidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, Qarshi shahar 4-sonli IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Qashqadaryo viloyat IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 19:45 13.05.2021. O'qildi: 6744 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!